( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   

Ozbekiston Respublikasi oz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O'zRes Konstituciyasi. 4 modda



    

     

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi.

Mamlakatimizda soglom va uygun kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart-sharoitlarni yaratish, XXI asr intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini etiborga olgan holda Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng kolamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida va 2010 yil Ozbekiston Respublikasida Barkamol avlod yili deb elon qilinishi munosabati bilan:
Barkamol avlod yili

1. Barkamol avlod yili Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. Respublika komissiyasi (SH.M.Mirziyoyev) bir oy muddatda vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Barkamol avlod yili Dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.

3. Dasturda har tomonlama barkamol yosh avlodni shakllantirishni taminlash boyicha qabul qilingan davlat dasturlari hamda boshqa tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni davom ettirish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor yonalishlar boyicha eng muhim vazifalarni hal etish nazarda tutilsin:

bolalar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni uygun kamol toptirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunlar va meyoriy hujjatlarga zamon talablariga mos ozgartish va qoshimchalar kiritish;
eng avvalo, soglom naslni, Soglom ona soglom bola dasturini amalga oshirib borishni taminlash, onalarning reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va osmirlar sogligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktik sogliqni saqlashni ustuvor darajada rivojlantirish, tibbiyot xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soglom bola tugilishi va uni tarbiyalash masalalari boyicha aholi ortasida tushuntirish ishlarini avj oldirish orqali soglom avlodni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, yoshlarda soglom va ahil oila qurishga intilish ishtiyoqini shakllantirish;
osib kelayotgan avlodni oqitish va tarbiyalash sohasida yaratilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanishni taminlash, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oliy va orta maxsus talim tizimida real iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida talab etilayotgan talim va mutaxassisliklarning yonalishlarini qayta korib chiqish hamda takomillashtirish, davlat talim standartlarini, oquv dasturlari va oquv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
oquv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy talim muassasalarida talim berish sifatini tubdan yaxshilash, talim muassasalarining oquv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy oquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, oqituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda manaviy ragbatlantirishning samarali tizimini shakllantirish;
nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy talim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, ozlashtirish va yanada rivojlantirish;
yosh avlodning jismoniy tarbiyasi va bolalar sporti sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni muntazam ravishda sport bilan shugullanishga jalb etish boyicha olib borilayotgan ishlarni bosqichma-bosqich kuchaytirish, yangi sport komplekslari, stadionlar, inshootlar qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan mustahkamlash;
tarkibiy (texnik hamda texnologik) ozgartirishlarning eng muhim yonalishi, aholi daromadlari va mulkdorlarning orta sinfini shakllantirish asosi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish va bu sohadagi mavjud muammolarni hal etishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ayniqsa, qishloq joylarda yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari va oliy talim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fanni yanada rivojlantirish, talantli, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish uchun sharoit yaratish, ular tomonidan ozlarining ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish, jumladan, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish maxsus jamgarmasini tashkil etish, Fanlar akademiyasi va mamlakatimiz oliy talim muassasalari tizimida ilgor, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yangi laboratoriyalar yaratish, xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yolga qoyish va kengaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
yosh oilalarga gamxorlik qilishni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini taminlash, jismonan soglom va uygun kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash ishida jamiyatning muhim, hal qiluvchi bogini bolgan, farzandlar shaxs sifatida shakllanib, Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalanib, oz xalqining munosib vakillari bolib yetishadigan, soglom hamda mustahkam oilani qurish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
yoshlar ortasida soglom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, tashqaridan kirib kelayotgan tuban ommaviy madaniyatning turli illatlari xavfi va zararli tasirlaridan himoya qilish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish.

4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2009 yil 9 dekabr

 



2016-yil Soglom ona va bola yili


2015-yil Keksalarni ezozlash yili  


2014 yil - Sog'lom bola yili     


2013 yil - Obod turmush yili


2012 yil - Mustahkam oila yili


2011 yil - Kichik biznes va tadbirkorlik yili


2010 yil - Barkamol avlod yili


   

Toshkent shahriga - 2200 yil


Bizni tabriklaydilar