( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   

Ozbekiston Respublikasi oz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O'zRes Konstituciyasi. 4 modda



    

     

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi togrisida

Mulkdorlarning orta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan toldirish, yangi ish orinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini kopaytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yolidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boyicha aniq maqsadga yonaltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011 yil Ozbekiston Respublikasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb elon qilinganligi munosabati bilan:

1. Quyidagi yonalishlarga asoslangan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yonaltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni taminlash, tadbirkorlikka koproq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik tosiq va govlarni olib tashlash, kichik biznes subyektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini taminlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;

davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari moliya-xojalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;

kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni royxatdan otkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes subyektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish boyicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa tolovlar boyicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlangich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun orta va uzoq muddatli kreditlar berish;

kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda togridan-togri investitsiyalarni keng jalb etish va yonaltirish;

sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini ragbatlantirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga moljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga komaklashish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini axborot bilan taminlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsultativ komak berish tizimini yanada rivojlantirish.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 14 dekabrdagi F-3539-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning zimmasiga Dasturda kozda tutilgan tadbirlar respublika hududlarida belgilangan muddatlarda sozsiz va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Bunda quyidagilarga:

tadbirkorlarning oz ishini ochishi bilan bogliq masalalarda sodir bolayotgan aniq ozgarishlarga;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari energiya va gaz taminoti, suv va issiqlik taminoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi boyicha shart-sharoitlarning yaxshilanishi va muddatlari qisqartirilishiga;

tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari, shuningdek, noturarjoy xonalar ajratib berish bilan bogliq holat qanchalik yaxshilanganiga;

kichik biznes subyektlari faoliyatini tekshirish va boshqa ortiqcha cheklashlarni, davlat va nazorat organlarining tadbirkorlar moliya-xojalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasidagi ishlarning ahvoli qay tarzda ozgarayotganiga;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishi bilan bogliq ishlarning ahvoli qanchalik ozgarganiga alohida etibor qaratilsin.

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturini amalga oshirish boyicha Respublika komissiyasi (SH.M.Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar tomonidan har bir vazirlik va idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti boyicha Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilining hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taminlasin;

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi bolimlari va bandlarini toliq, sifatli va oz vaqtida bajarish boyicha respublika davlat va xojalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat ornatsin;

Dasturning amalga oshirilishi togrisidagi materiallarni yilning har choragida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida korib chiqsin;

har chorak yakunlari boyicha Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi osishiga muhim ahamiyat berilgani holda Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qomitasi bilan birgalikda:

tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi boyicha statistik hisobot shakllariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar hamda korsatilgan xizmatlar eksporti korsatkichlari boyicha alohida bolim kiritsin;

har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va korsatilgan xizmatlar eksporti hajmlari hamda tarkibi togrisidagi hisobotni taqdim etib borsin.

5. Ozbekiston matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:

aholi, ayniqsa tadbirkorlik subyektlari ortasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng kolamda tushuntirilishini;

respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qoshgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishi muntazam yoritib borilishini taminlasinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2011 yil 7 fevral
 



2016-yil Soglom ona va bola yili


2015-yil Keksalarni ezozlash yili  


2014 yil - Sog'lom bola yili     


2013 yil - Obod turmush yili


2012 yil - Mustahkam oila yili


2011 yil - Kichik biznes va tadbirkorlik yili


2010 yil - Barkamol avlod yili


   

Toshkent shahriga - 2200 yil


Bizni tabriklaydilar