( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   

Ozbekiston Respublikasi oz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O'zRes Konstituciyasi. 4 modda



    

     

 

Mustahkam oila yili Davlat dasturi togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Jamiyatimizning asosi bolmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qollab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish, jismonan soglom, manaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, soglom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yonaltirilgan keng kolamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2012 yil Ozbekiston Respublikasida Mustahkam oila yili deb elon qilinganligi munosabati bilan:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 13 dekabrdagi F-3760-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat hamda nohukumat tashkilotlari, fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Mustahkam oila yili Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oila soglom ekan jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqaror degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirishning eng muhim yonalishlari etib belgilansin:

bugungi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur ozgartirish va qoshimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz etiborini yanada kuchaytirish;

yosh oilalarga etibor va gamxorlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni taminlash, moddiy va manaviy jihatdan keng qollab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan taminlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish;

jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qollab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning tasirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur komak va yordam berish;

oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan gamxorlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam korsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qollab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni oz yelkasiga olgan ayollarga alohida etibor qaratish;

Soglom ona soglom farzand tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;

jamiyatimizning manaviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak manaviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bolgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli tasirlarga qarshi turishda oilaning orni va ahamiyatini oshirish;

jismonan soglom, manaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining talim hamda tarbiya muassasalari bilan ozaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini taminlash.

2. Respublika komissiyasi (SH.M.Mirziyoyev) zimmasiga Mustahkam oila yili Davlat dasturining amalga oshirilishini tashkillashtirish va monitoring qilish vazifalari yuklatilsin.

Respublika komissiyasi:

ikki hafta muddatda, Mustahkam oila yili Davlat dasturining ustuvor yonalishlari va tadbirlaridan kelib chiqqan holda, respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir idora, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti boyicha Mustahkam oila yilining hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taminlasin;

Mustahkam oila yili Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni toliq, sifatli va oz vaqtida bajarish boyicha respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari darajasida ishlar aniq-puxta muvofiqlashtirilishini tashkil etsin, Dastur amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat ornatsin;

Dasturning amalga oshirilishi togrisidagi materiallarni yilning har choragida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida korib chiqsin;

har chorak yakunlari boyicha Mustahkam oila yili Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berib borsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (SH.M.Mirziyoyev) Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarda (shaharlarda) Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirish boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar, tumanlar hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuzilishini taminlasin, ularning zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar tegishli hududlarda ogishmay va toliq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlikni yuklasin.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari:

aholi, ayniqsa, yosh oilalar ortasida Mustahkam oila yili Davlat dasturining maqsad va vazifalarini, davlat tomonidan oilalarni qollab-quvvatlash, rivojlantirish hamda mustahkamlash boyicha unda belgilangan chora-tadbirlarni muntazam va keng kolamda tushuntirib borilishini;

davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qoshgan aniq hissasini aks ettirgan holda Mustahkam oila yili Davlat dasturining amalga oshirilishi togrisida keng jamoatchilik doimo xabardor qilib turilishini taminlasinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012 yil 27 fevral

 



2016-yil Soglom ona va bola yili


2015-yil Keksalarni ezozlash yili  


2014 yil - Sog'lom bola yili     


2013 yil - Obod turmush yili


2012 yil - Mustahkam oila yili


2011 yil - Kichik biznes va tadbirkorlik yili


2010 yil - Barkamol avlod yili


   

Toshkent shahriga - 2200 yil


Bizni tabriklaydilar