( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   

Ozbekiston Respublikasi oz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O'zRes Konstituciyasi. 4 modda



    

     

KEKSALARNI EZOZLASH BARCHAMIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZDIR

Mamlakatimizda 2015-yil Keksalarni ezozlash yili, deb elon qilinishi munosabati bilan Davlat dasturi qabul qilindi.
Keksalarni hurmat qilish, ularga etibor va gamxorlik korsatish jamiyatimizning oziga xos yuksak manaviy va madaniy belgisidir. Ozbek xalqiga azaldan xos bolgan bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biriga aylandi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyotni isloh etish va yangilash boyicha besh tamoyilga asoslangan taraqqiyotning ozbek modeli mamlakatimiz istiqbolini tubdan ozgartirish yonalishlarini belgilab berdi. Aholini ijtimoiy himoya qilish boyicha mustahkam huquqiy bazaga asoslangan ishonchli tizimni shakllantirish esa ushbu modelning asosiy yonalishlaridan biridir. Zero, inson, uning hayoti va orzu-umidlari davlatimizning doimiy diqqat etiborida bolib kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2007-yil 19-martda qabul qilingan Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar togrisidagi farmoni va 2011-yil 30-maydagi 2011-2015-yillarda yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish boyicha aniq yonalish hamda vazifalar belgilab berilgan. Mazkur hujjatlar pensiya yoshidagi fuqarolar, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining farovonligini taminlash, hayot darajasi va sifatini oshirishda muhim omil bolib xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy sohaning izchil takomillashtirib borilayotgani Ozbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotganidan yorqin dalolat beradi. Iqtisodiyotimizning jadal va barqaror rivojlantirilayotgani aholi turmush darajasi va sifatini muttasil oshirishga asos bolib xizmat qilmoqda. Buning samarasida otgan yili mamlakatimizda yoshi ulug insonlarni har tomonlama qollab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 11 trillion 618 milliard som pensiya, 105 milliard somdan ziyod nafaqa puli ajratildi. Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat korsatilmoqda, ular sanatoriy-kurortlarda davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan taminlanmoqda.
Takidlash joizki, nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy tuzilmalar ham keksa avlod vakillariga moddiy hamda manaviy yordam korsatmoqda va bu boradagi ishlar kolami muntazam kengayib borayotir. Masalan, otgan yili keksa yoshdagi fuqarolar hayotini yanada yaxshilash boyicha amalga oshirilgan ishlarda Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Ozfarmsanoat davlat aksiyadorlik konserni, Dori-darmon aksiyadorlik kompaniyasi, Nuroniy, Mahalla jamgarmalari, Kamolot YoIH va boshqa tashkilotlar faol ishtirok etdi. Urush va mehnat faxriylari ushbu tashkilotlar komagida Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent va mamlakatimizning boshqa shaharlarida sayohatda boldi, ambulatoriya va statsionar davolash muassasalarida davolandi, sanatoriylarda salomatligini tikladi.
Mamlakatimizda yoshi ulug insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Zero, ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishiga katta hissa qoshgan.
Joriy yilda ham ijtimoiy sohani rivojlantirish, yolgiz keksalar, pensioner va nogironlarni, kam taminlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar kolami yanada kengaymoqda. Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni va 2015-yilning mamlakatimizda Keksalarni ezozlash yili, deb elon qilinishi ushbu yonalishda yangi tashabbuslarni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 18-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturida joriy yilda amalga oshiriladigan xayrli ishlar belgilab berilgan. Mazkur dastur keksalarning hayotini yanada yaxshilash, ularni moddiy va manaviy qollab-quvvatlash kolamini kengaytirish, yoshi ulug insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taminoti va tibbiy xizmat korsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni xalqimizning kop asrlik qadriyat va ananalari ruhida tarbiyalashda keksalarning ornini mustahkamlashga qaratilgan.
Olti bolimdan iborat ushbu dasturda keksalarga gamxorlik korsatish va etiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish kozda tutilgan. Bu borada ishlab chiqilayotgan hujjatlarga muvofiq, pensiya taminoti va ijtimoiy qollab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug insonlarga davlat xizmatlari, jumladan, turli malumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari korsatishning eng qulay tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.
Keksalar, avvalambor, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qollab-quvvatlash kuchaytiriladi, yoshi ulug insonlar, birinchi navbatda, yolgiz qariyalar va nogironlarga korsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar royxati kengaytiriladi. Ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taminlash uchun mahallalar, "Nuroniy" jamgarmasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va manaviy qollab-quvvatlash kolami kengaytiriladi.
Misol uchun, bu yil 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarining har biri mamlakatimizda ishlab chiqarilgan televizor va mobil telefonlar bilan bepul taminlanadi, ularga mahalliy va shaharlararo chiqish qongiroqlari uchun har oy abonent tolovi olinmasdan 60 daqiqalik bepul limit beriladi. Urush va mehnat fronti faxriylari mamlakatimizdagi sanatoriy-soglomlashtirish muassasalariga borish uchun yiliga bir marta temir yol transportida bepul yurish huquqidan, shuningdek, havo transportida 50 foiz miqdoridagi chegirmadan (borish-kelish) foydalanishi mumkin.
Davlat dasturida faxriylar va yoshi ulug insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda soglomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kopaytirish, davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda taminlash, keksalarga xizmat korsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriy-soglomlashtirish va ijtimoiy xizmat korsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida etibor qaratilgan.
Jumladan, joriy yilda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat faxriylarini Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-soglomlashtirish muassasalarida bepul soglomlashtirish tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, bu yil yoshi ulug insonlar kinoteatr, teatr, muzey, konsert tomoshalari va boshqa madaniy-marifiy tadbirlarga bepul borish imkoniyatiga ega boladi. 100 va undan katta yoshdagi kishilarni uluglash uchun Asr bilan yuzma-yuz aksiyasi va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini yangi bosqichga kotarishga doir ishlar samaradorligi oshiriladi, ular uchun tuman va mahallalarda qiziqishi boyicha klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishlari uchun sharoit yaratishga alohida etibor qaratiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, barcha mahallalarda otaxonlar choyxonalari tashkil etiladi va ularda zarur sharoitlar yaratiladi. Odatda choyxonada mahalla ahli bir piyola choy ustida suhbatlashish, songgi yangiliklardan xabardor bolish, shaxmat-shashka oynash uchun toplanadi. Endi bu yerda ular birgalikda televizor orqali maxsus korsatuvlar, spektakl va filmlar tomosha qilishi mumkin. Joriy yilda keksalar uchun moljallangan bunday tomoshalar tayyorlash yanada kopayadi.
Mahallalar va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy etibor qaratadigan sektor mustahkamlanadi, bunda ularga xizmat korsatadigan idoralar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy xizmat korsatuvchi idoralar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi.
Yolgiz va ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar uchun Keksalar duosini olaylik aksiyasini otkazish va tadbir doirasida ularni zarur mebel va uy jihozlari, kiyim-kechak, badiiy adabiyot, stol oyinlari toplamlari bilan taminlash rejalashtirilgan.
Hech kim mehr va etibordan chetda qolmasin shiori ostida tadbirlar otkazish moljallangan. Bu tadbirlar doirasida har bir viloyatdan keksa avlod vakillarini mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish uchun sayohat uyushtirish, Eng yaxshi mahalla guzari, Keksalar oila tayanchi hududiy korik-tanlovlari otkaziladi.
Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturida belgilangan ushbu xayrli ishlarni amalga oshirish uchun 2 trillion 246,5 milliard som va 229,6 million dollar ajratish kozda tutilgan.
Bugungi dorilomon kunlarda umrguzaronlik qilayotgan faxriylarni hurmat qilish, ezozlash, ularga etibor qaratish barchamizning farzandlik burchimizdir. Prezidentimiz Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi fuqarolari 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi Galabaning 70-yilligi esdalik yubiley medali bilan mukofotlash togrisidagi farmoni ham keksalarga korsatilayotgan gamxorlikning yana bir yorqin tasdigi boldi. Ushbu farmon fashizm ustidan qozonilgan Galabaga bebaho hissa qoshgan yurtdoshlarimiz 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib hurmat-ehtirom bilan sharaflash maqsadida qabul qilindi.
Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho manaviy boylik, hech narsa bilan olchab bolmaydigan qadriyatlarimizdan biridir. Davlatning kuch-qudrati nafaqat uning armiyasi bilan, balki mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, fuqarolarning ahilligi, hamjihatligi, vatanparvarligi, yoshi ulug insonlarga korsatilayotgan etibor va gamxorligida ham namoyon boladi. Zero, bu muqaddas zamin Ozbekistonda inson azizdir.
Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama ragbatlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy, ayni paytda katta manaviy-ruhiy madaddir. Yurtimizda bunday hurmat, etibor va gamxorlik uchun chuqur minnatdorlik tuygusi fuqarolarimizning tinch va osuda hayoti, ertangi kunga bolgan mustahkam ishonchida, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikning buyuk goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda oz ifodasini topmoqda.


Muallif: "Xalq so'zi" gazetasi
 



2016-yil Soglom ona va bola yili


2015-yil Keksalarni ezozlash yili  


2014 yil - Sog'lom bola yili     


2013 yil - Obod turmush yili


2012 yil - Mustahkam oila yili


2011 yil - Kichik biznes va tadbirkorlik yili


2010 yil - Barkamol avlod yili


   

Toshkent shahriga - 2200 yil


Bizni tabriklaydilar