( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   
Ona ham, bola ham soglom bolishi yolida

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016-yil Soglom ona va bola yili, deb elon qilindi. Joriy yil 9-fevral kuni davlatimiz rahbarining Soglom ona va bola yili Davlat dasturi togrisidagi qarori qabul qilindi. Ushbu dasturni hayotga tatbiq etishda davlat va jamoat tashkilotlari faol ishtirok etadi. Bu ishga Respublika Ona va bola skrining markazi ham munosib hissa qoshmoqda. Markaz faoliyatining asosiy vazifasi soglom ona soglom bola tamoyilini amalga oshirishga xizmat qilishdir.

...Shifokorlarning homiladorlik davrida skrining degan tushunchasi deyarli barcha bolajak onalarga yaxshi tanish. Ammo mutaxassislar skrining deganda nimani nazarda tutadi? Buning uchun qanday tekshiruvlardan otish kerak? Shifokorlar tekshiruv natijalari qayd etilgan hujjatlardan qanday axborotga ega boladi? Nega bazi ayollar bir xil tekshiruvdan bir necha marta otishiga togri kelsa, boshqalari uchun bir marotaba shunday tekshiruv kifoya qiladi?

Birinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida bolgan 22 yoshli Nasiba Hamdamovani ham shu savollar oylantirardi. Nasiba homiladorlikning boshlangich davrida otkir respiratorli virusli infeksiya bilan kasallangani bois homila ahvolidan xavotir olgan oilaviy poliklinika shifokorlari uni Respublika Ona va bola skrining markaziga yuborishgan. Skrining tekshiruv chogida turmush ortogi uning yonida boldi, natijalarni sabrsizlik bilan kutdi.

Markazning prnatal ultratovush tekshiruv xonasida chiroqlar xira yonib, yuqori darajada otkazuvchanlik qobiliyatiga ega ultratovush tekshiruv apparati ishlab turibdi, monitorda jarayon kuzatilmoqda. Nasiba hammasidan tezroq xabardor bolishni istar, hech narsani etiborsiz qoldirmaslikka harakat qilardi. Oliy toifali prenatolog-shifokor Vohidxon Sodirxonov uni tinchlantirar ekan, tekshiruvdan song barchasi ayon bolishini tushuntirdi.

Haqiqatan ham, ultratovushli tekshiruv apparati monitoridagi tasvirni korib, hammaning yuziga tabassum yugurdi. Nasiba ham oz vujudida rivojlanayotgan murgakkina farzandi qimirlayotganini kordi. Vohidxon Ozodxonovich bolaning har bir azosiga, jajji barmoqchalariyu oyoqlariga etiborimizni qaratdi. Uning bu yurak, uning urishini korayapsizmi? degan sozlari hamon qulogim ostida jaranglab turibdi.

Men ekranda vujudimda yashayotgan mojiza tugilajak farzandimning nafasini his qildim, uning harakatlarini, qolini qimirlatib, oyoqlarini oynatayotganini kordim, deydi Nasiba Hamdamova. Bunday his-tuygularni soz bilan ifodalab bolmaydi, ular xotiramda bir umr muhrlanib qoladi.

Darhaqiqat, farzandini dunyoga keltirayotgan har qanday ayol uni oz kozi bilan korishni intiqlik bilan kutadi. Bugungi texnologik taraqqiyot davrida bu jarayonni homiladorlikning erta muddatlarida ham kuzatish mumkin. Eng muhimi, bola tugilishidan avval uning sogligi haqida bilish va tugruqqa tayyorgarlik korish mumkin. Bularning barchasi skrining (inglizcha screening tanlab olish, saralash), yani sogliqni saqlashni tashkil etishda klinik ogriqsiz kechadigan kasalliklarni aniqlashga qaratilgan strategiyani amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu strategiyaning maqsadi kasalliklarni imkoni boricha erta aniqlashdan iborat bolib, bu nogironlikning oldini olish uchun davolashni oz vaqtida boshlashda muhim ahamiyatga ega.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti malumotlariga kora, dunyoda chaqaloqlarning 5 foizi tugma va irsiy xastaliklar bilan tugilmoqda. Homiladorlik davrida turli otkir yuqumli kasalliklarni boshdan kechirish, endokrin va surunkali xastaliklar, bolajak onalarning notogri ovqatlanishi, ayollar organizmida yod, foliy kislotasi, tuz tanqisligi, ekologik omillar, jumladan, ayrim dori preparatlarini qabul qilish buning asosiy sabablaridir.

Ultratovushli skrining zamonaviy prenatal tashxis uslublari orasida alohida orin tutadi. Invaziv va noinvaziv tekshiruvlar orasida esa birinchi orinda turadi va yuqori darajada malumot olish, xavfsizligi va ommaviy foydalanish imkonini berishi bilan boshqa prenatal tashxis uslublaridan ajralib turadi.

Ultratovushli tekshiruv akusherlikda 40-yildan koproq vaqtdan buyon qollanib kelinayotganiga qaramasdan, exografik skrining 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida prenatal tashxis qoyishda yetakchi orinni egalladi. Akusherlikda ulttratovushli tekshiruv boyicha dastlabki skrining dasturi 1974-yilda kop bolali homiladorlikni tekshiruvdan otkazish uchun Malmyo shahrida (Shvetsiya) taklif etilib, amaliyotga joriy qilingan. 1976-yil bu borada toplangan tajriba ushbu shahardagi klinika mutaxassislariga homiladorlikning 19 va 32 haftaliklarida tekshirishni oz ichiga olgan hamda homilaning rivojlanish nuqsonlarini aniqlashga qaratilgan ikki bosqichli skrining dasturni taklif qilish imkonini berdi. Vaqt otgan sayin ultratovushli skrining boshqa mamlakatlarda keng tarqaldi. 1980-yili Germaniya sogliqni saqlash milliy dasturiga ikki bosqichli, Fransiyada uch bosqichli ultratovushli skrining kiritildi. 80-yillar boshida AQShda ultratovushli tekshiruvlar ommaviy tus oldi va 1984-yilda homilador ayollarning deyarli 50 foizi ushbu tekshiruv bilan qamrab olindi.

Mamlakatimizda ultratovushli skrining boyicha dastlabki tadqiqotlar mustaqillikka erishganimizdan song yolga qoyildi. Zero, sogliqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida Prezidentimiz rahnamoligida millat genofondi va salomatligini mustahkamlashning muhim omili sifatida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga alohida etibor qaratildi. Dastlab tugma va irsiy patologiyaning oldini olish uslublari ayrim tibbiyot muassasalarida qollanildi.

Ozbekistonda ushbu muammo katta tibbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekani inobatga olinib, birinchi skrining markazi 1997-yili Nukus shahrida tashkil etildi va u Qoraqalpogiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati aholisiga xizmat korsata boshladi. Rivojlanishda nuqsoni bor bolalar tugilishining oldini olishda ushbu muassasa faoliyatining samaradorligi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1998-yil Ona va bola skriningi Davlat dasturini qabul qilish va mamlakatimizning barcha hududlarida shunday muassasalar tashkil etishga asos bolib xizmat qildi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogligini mustahkamlash, soglom avlod tugilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori va Prezidentimizning 2008-yil 18-iyundagi Bolalikdan nogironlar tugilishining oldini olish uchun tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi togrisidagi (2008-2012-yillar davrida) qaroriga kora, ushbu dastur yangi bosqichda davom ettirilmoqda.

2013-yilda 2013-2017-yillar davrida bolalikdan nogironlar tugilishining oldini olish uchun tugma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash davlat dasturi qabul qilindi. Ayni paytda bu boradagi ishlarga zamonaviy ultratovushli tashxis uskunalari yordamida homilasi 10-14 haftalik bolgan barcha ayollar ommaviy tekshiruvdan otkazilayotgan tuman va shahar tibbiyot birlashmalari jalb qilingan.

Bundan tashqari, Davlat dasturiga muvofiq, Toshkent viloyatida ham yana bitta hududiy skrining markazi tashkil etiladi. Bu mamlakatimizning yirik hududlaridan birida tugma va irsiy kasalliklarni aniqlashni yanada yaxshilash imkonini beradi. Barcha skrining markazlar mutaxassislari Ozbekistonda shu paytgacha erta muddatlarda tashxis qoyilmagan va davolanmagan turli kasalliklarga tashxis qoyish hamda ularning oldini olish boyicha yangi usullarni ozlashtirmoqda. Ona va bola skriningi Davlat dasturini amalga oshirish doirasida hududiy skrining markazlar biokimyoviy analizatorlar bilan jihozlandi. Bu esa asab-mushak tizimining koplab irsiy kasalliklari va tanadagi ozgarish bilan kechadigan patologik holatlarga tashxis qoyish imkonini beradi.

Bugungi kunda skrining tizimi 12 hududiy va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazidan iborat bolib, ular homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining tekshiruvlaridan otkazmoqda, deydi Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining bosh genetigi, Respublika Ona va bola skrining markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Madina Sharipova. Bu markazlar homilador ayollarda homila rivojlanishining tugma nuqsonlarini aniqlash uchun prenatal (tugruq oldi), tugma gipotireoz va fenilketonuriyani aniqlash uchun ommaviy neonatal (chaqaloqlar) skriningini otkazmoqda, oilalarida tugma hamda irsiy patologiyalar bolgan bemorlarga tibbiy-genetik maslahatlar bermoqda. Masalan, 1998-2015-yillarda 2,1 milliondan ortiq homilador ayol tugruq oldi ultratovushli tekshiruvi, 4,8 milliondan ziyod chaqaloq neonatal skrining tekshiruvidan otkazildi. Buning samarasida mamlakatimizda tugma nuqsoni bor bolalar dunyoga kelishi 2000-yilga qaraganda 1,8 barobar kamaygani kuzatilmoqda.

Bu raqamlar bugungi kunda yosh oilalar tugilajak farzandi haqida koproq bilishga, soglom va baquvvat bolani dunyoga keltirishga intilayotganini korsatmoqda. Bu borada ularga ona va bola skrining markazlarining tajribali mutaxassislari yordam berayotir. Markazlar tarkibidagi tibbiy-genetik maslahat bolimlarida homilador ayollar ultratovushli skriningdan otkazilib, tugma gipotireoz va fenilketonuriya bilan tugilgan chaqaloqlar dispanser nazoratiga olinadi hamda davolanadi, tugma va irsiy kasalliklarni boshdan kechirayotgan oilalarga maslahat beriladi.

Boshqacha aytganda, ushbu bolimlar faoliyati oilada bolalarning tugma va irsiy xastaliklar bilan tugilishining oldini olishga qaratilgan. Genetik, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog shifokorlarning maslahatlari, shuningdek, bemorni maxsus uslublar yordamida tekshirish irsiy kasallikka tashxis qoyish va kasallik alomatlariga qarab davolash, oilada irsiy kasallik bilan bola dunyoga kelishining oldini olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Respublika Ona va bola skrining markazida faoliyat korsatayotgan genetika laboratoriyasida chaqaloqlar tugma gipotireoz va fenilketonuriya xastaligi boyicha tekshirilib, ularda xromosoma sindromini tasdiqlash uchun sitogenetik tekshiruvlar hamda tana ozgarishi bilan kechadigan boshqa koplab irsiy kasalliklarga tashxis qoyiladi. 2012-yildan buyon bu yerda chaqaloqlar va sust rivojlanayotgan hamda tomir tortishidan aziyat chekayotgan bolalarda tandem mass/spektrometriya uslubi yordamida irsiy kasalliklarga (15 dan ortiq kasallik) tashxis qoyiladi.

Tibbiy-genetik maslahat bolimi va laboratoriyamiz mutaxassislari bemorlarning salomatligi haqida toliq malumotga ega bolish uchun hamkorlikda ishlaydi, deydi Respublika Ona va bola skrining markazining genetik laboratoriyasi mudiri Vasila Abdurahmonova. 2013-2015-yillarda markazning maslahat bolimiga 55 mingdan ortiq oila murojaat qildi. Irsiy kasalliklari bolgan 6 mingdan ziyod bolada biokimyoviy tekshiruvlar otkazildi. Xromosoma xastaligi bor, deb gumon qilingan 1500 ga yaqin bola sitogenetik uslubda tekshirildi.

Respublika Ona va bola skrining markazi mutaxassislari kasalliklarni yuqori darajada aniqlash imkonini beradigan ultratovushli apparatlar, biomaterialga ishlov berish uchun elektron priborlar, tandem mass-spektrometr, Delfiya/Viktor kop funksiyali biokimyoviy analizator, xromosoma analizatori, mukovissidozni aniqlash apparaturasi, irsiy kasalliklarni aniqlash uchun biokimyoviy analizatorlar, tashxis qoyish darajasini oshirish imkonini beradigan boshqa koplab zamonaviy uskunalardan foydalanmoqda. Hududiy skrining markazlar ham samarali faoliyat yuritishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan taminlangan.

Albatta, kasalliklarni aniqlashda zamonaviy texnika katta ahamiyatga ega. Ammo bunday murakkab jarayonda yuqori malakali mutaxassislar alohida orin tutadi. Zero, onalar va bolalar hayoti ularning bilim va malakasiga bogliq. Respublika Ona va bola skrining markazi shifokorlari oz malakasini muntazam oshirib, turli respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etmoqda, jahonning yetakchi klinikalari va ixtisoslashtirilgan markazlari mutaxassislari bilan tajriba almashmoqda.

...Respublika Ona va bola skrining markazida Nasiba Hamdamovani tekshirish nihoyasiga yetdi. Shifokor Vohidxon Sodirxonov uning homilasi 20 haftalik bolganini, mutlaqo soglom va muddatiga muvofiq rivojlanayotganini aytdi.

Muallif: OzA