( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bagishlangan uchrashuvdagi nutqi

Qadrli dostlar! 

Sizlarni va sizlarning timsolingizda kop millatli butun Ozbekiston xalqini qutlug sana Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Malumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda kop asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondostlik, ezgulik, qalb saxovati va tom manodagi bagrikenglik bizning xalqimizga doimo xos bolgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bagrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Ozbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yonalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda ozining toliq ifodasini topdi. 

Yurtimizda hukm surayotgan dostlik va birdamlik muhiti tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, Ozbekistonning xalqaro maydondagi obro-etiborini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir. Biz barchamiz mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning ana shu tom manodagi bebaho boyligimizni asrab-avaylash va mustahkamlash borasidagi xizmatlarini yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. 

Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz Ozbekistonimiz ravnaqi yolida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qoshmoqda. 

Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda Ozbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qati nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qoyilgan. Ularga oz milliy madaniyati, anana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat talim muassasalarida oqitish 7 tilda olib borilmoqda. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oz korsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, ondan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. 

Mamlakatimizda etnik oziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uygunlashtirishda 137 ta milliy madaniy markaz yetakchi rol oynamoqda. Ular ozlarining oziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini ozaro boyitishiga, har birimizda kop millatli yagona oila tuygusini mustahkamlashga salmoqli hissa qoshmoqda. 

Respublika baynalmilal madaniyat markazi ularning faoliyatini muvofiqlashtirib, amaliy va uslubiy yordam berayotgani alohida diqqatga sazovordir. 

Markaz mamlakatimizning barcha hududlarida otkazilayotgan yorqin tadbirlari asosida madaniy va ijtimoiy hayotimizni yanada teran mano-mazmun bilan boyitmoqda, Ozbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillari ortasida dostlik va bagrikenglik munosabatlarini mustahkamlamoqda. MDH davlatlari ortasida faqat Ozbekistonda shunday tuzilma tashkil etilgani etiborga loyiqdir. 

Bularning barchasi mamlakatimizda millatlararo munosabatlar sohasida nodavlat tashkilotlarning noyob tizimi shakllanganidan dalolat beradi. Ushbu tashkilotlarning serqirra faoliyati mamlakatimizda tinch va farovon hayotni taminlash, muhim madaniy-marifiy vazifalarni hal etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari! 

Barchangizga malumki, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh kotarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda. 

Ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar ortasida dostlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bolgan ishonchini oshirishning asosi bolib xizmat qilmoqda. 

Shu munosabat bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq talimi, Oliy va orta maxsus talim vazirliklari, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Tasviriy oyina ijodiy uyushmasi, Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla, Nuroniy jamgarmalari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa koplab tashkilotlar, oylaymanki, madaniyat va marifat, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi zarur. Bu bugun bizning barchamiz uchun hayotiy muhim vazifadir. 

Yanada ogoh va sergak bolish, eng asosiy boyligimiz bolgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan kop millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini koz qorachigidek asrash hamda yanada mustahkamlash Ozbekistonni oz Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir. 

Biz faqat shu yol bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi turishimiz, jamiyatimizda turli buzgunchi goyalarga qarshi qatiy immunitet yaratishimiz, ozimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yolida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin. 

Biz ozimiz uchun eng muhim bolgan ana shu masalaga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz, jumladan, milliy madaniy markazlar faoliyatini amaliy jihatdan qollab-quvvatlash boyicha zarur barcha ishlarni bajaramiz. 

Masalan, yaqinda menga moslashtirilgan binolarda joylashgan qator markazlarning bir guruh faollari ozlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga komaklashish togrisida murojaat qildi. 

Shu munosabat bilan poytaxtimiz korkiga kork qoshib turgan, ilgari Ozbekengilsanoat aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bolgan Bobur kochasidagi binoni Respublika baynalmilal madaniyat markaziga berishni va uni Dostlik saroyi deb nomlashni taklif etaman. Biz mazkur binoni rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirishni kozda tutadigan tegishli hukumat qarorini qabul qilamiz. 

Ana shu binoning yonida joylashgan va mustaqillik yillarida Respublika baynalmilal madaniyat markazi ozining koplab tadbirlarini otkazib kelayotgan bogni Dostlik bogi deb nomlashni taklif qilaman. 

Shu munosabat bilan Bosh vazir A.N.Aripov tegishli idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda mazkur bog hududida Ozbekistonda istiqomat qilayotgan barcha elu elat vakillarining oziga xos madaniyati, urf-odatlari va pazandachilik ananalarini namoyish etishi uchun pavilyonlar barpo qilish loyihasini ishlab chiqishi zarur. 

Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumanida Navroz bayrami arafasida ochiladigan yangi bog esa endi buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladi. 

Fanlar akademiyasi institutlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uygunlashtirishga bagishlangan ilmiy tadqiqotlar otkazishni tashkil etish Respublika baynalmilal madaniyat markazining yana bir dolzarb vazifasi, deb hisoblayman. 

Agar Ozbekistonda faoliyat korsatayotgan har bir milliy madaniy markazning faollari ozlarining tarixiy vatanlari bilan madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarni yanada faol rivojlantiradigan bolsa, oylaymanki, maqsadga muvofiq boladi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi biz uchun muhim bolgan bu masalada katta vazifani bajarishi kerak. 

Ishonamanki, yana bir taklifni sizlarning barchangiz qollab-quvvatlaysiz. 

Afsuski, hozirgi vaqtda shunday tajriba shakllanganki, mamlakatimizning aksariyat aholisi turli millat va elatlar madaniyatining oziga xos xususiyatlari bilan bir yilda atigi ikki-uch marta, eng avvalo, Navroz bayrami kunlarida tanishish imkoniyatiga ega, bu albatta yetarli emas. 

Shundan kelib chiqqan holda, Respublika baynalmilal madaniyat markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda yurtimizdagi ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikda keng jamoatchilikni Ozbekistonda yashayotgan turli millat va xalqlar vakillarining betakror madaniyati, xalq hunarmandchiligi, anana va urf-odatlari bilan tizimli va doimiy asosda tanishtirish boyicha dastur ishlab chiqishi va har yili yil davomida uni amalga oshirishi ayni muddao bolur edi. Buning uchun ularga mamlakatimizdagi eng yaxshi konsert maydonchalari, teatr sahnalari va korgazma zallarini berish kerak. 

Hech shubhasiz, bularning barchasi turli xalqlar madaniyatlarining bir-birini ozaro boyitishiga, bizning kop millatli Ozbekistonimizning manaviy va madaniy hayotini yanada yorqin namoyon etishga xizmat qiladi. 

Qadrli dostlar! 

Biz sizlar bilan mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilingan joriy yil boshida uchrashib turganimiz chuqur ramziy manoga ega. 

Odamlarning dardu tashvishi, manfaatlarini oylab yashash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib orin olishni davlat siyosatining ustuvor yonalishlari etib belgilaganmiz. 

Ishonchim komil, sizlar ana shu dasturiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etasiz. Xalqimiz sizlarning biz uchun ota muhim, shunchalik zarur faoliyatingizni yuksak qadrlaydi va u munosib baholanmoqda. 

Mustaqillik yillarida Respublika baynalmilal madaniyat markazi va milliy madaniy markazlarning yuzdan ortiq faollari faxriy unvonlarga sazovor boldi, orden va medallar bilan taqdirlandi. 

Turli millatlar vakili bolgan 14 nafar fuqaromiz Ozbekiston Qahramoni degan yuksak unvon bilan mukofotlanganini alohida takidlash orinlidir. 

Men sizlarning kopchiligingizni shaxsan taniyman, aksariyatingizni televideniye, matbuotdagi chiqishlaringiz orqali bilaman va bugun boshqalarga ornak boladigan, xalqimizning birligi va jipsligini mustahkamlashga munosib hissa qoshayotgan yana 20 nafardan ziyod tashabbuskor va fidoyi yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirishdan xursandman. 

Ularning orasida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli Nurkul Bazarbayeva, Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining orinbosari Sergey Mironov, Toshkent viloyati Yangiyol tumani tatar milliy madaniy markazi raisi Anisya Gataullina, Sirdaryo viloyati rus milliy madaniy markazi raisi Faina Golubsova, Xorazm viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisi Polatbek Izyumov, Jizzax viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi Oleg Kim, Fargona viloyati yahudiy milliy madaniy markazi raisi Semyon Abdurahmonov, Toshkent shahridagi litva milliy madaniy markazi raisi Lidiya Dovidaytis, Samarqand viloyatidagi nemis milliy madaniy markazi raisi Natalya Kayzer, Nukus shahridagi Slavutich ukrain milliy madaniy markazi raisi Olga Mironets, Qashqadaryo viloyatidagi tojik milliy madaniy markazi raisi Abdurasul Ergashev kabi yurtdoshlarimiz bor. 

Shuningdek, Toshkent shahridagi Svitanak belorus milliy madaniy markazi raisining orinbosari Nina Shubnikova, Qashqadaryo viloyatidagi arab milliy madaniy markazi raisining orinbosari Niyozmuhammad Panjiyev, Buxoro viloyatidagi turk milliy madaniy markazi raisi orinbosari Juma Shukurov, respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Ozarbayjon qizlari ansambli badiiy rahbari Kaykep Aliyeva, Qoraqalpogiston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi faoli Arazmuxammet Abayev, Andijon viloyatidagi qirgiz milliy madaniy markazi faoli Umutxon Mamataliyeva, respublika arman milliy madaniy markazi faoli Georgiy Saakov va boshqalar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular birgalikdagi say-harakatlari bilan eng muhim vazifani bajarmoqda, yani mamlakatimizni rivojlantirishga, uning manaviy va insonparvarlik asoslarini mustahkamlashga munosib hissa qoshmoqda. 

Endi uchrashuvimizning hayajonli qismiga otish Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirishga ruxsat bergaysiz. 

Hurmatli dostlar! 

Sizlarning barchangizni Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligi bilan yana bir bor tabriklab, jonajon Ozbekistonimizning barqaror taraqqiyoti va farovonligi yolida begaraz mehnatingiz uchun ozimning chuqur minnatdorligimni izhor etishga ijozat bergaysiz. 

Sizlar bilan, kop millatli va mehnatsevar xalqimiz bilan birgalikda erkin demokratik va farovon davlat quramiz hamda kozlagan yuksak maqsadlarimizga albatta erishamiz. 

Sizlarning barchangizga mustahkam soglik va omad, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning ozi qollasin! 

Gozal diyorimizda doimo tinchlik-osoyishtalik barqaror bolsin! 

Vatanimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz omon bolsin! 

Etiboringiz uchun rahmat.