( 25.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    ( 23.01.2017 )    - 25 ! ( 20.01.2017 )    ғ қ ( 21.10.2016 )   

Ozbekiston Respublikasi oz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
O'zRes Konstituciyasi. 4 modda



    

     

Hurmatli Vatandoshlar!

Qadrli dostlar!

Siz azizlarni va sizlarning siymongizda kopmillatli butun mamlakatimiz xalqini Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 20 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Biz ushbu qutlug sanani Ozbekiston mustaqilligining 20 yillik bayrami shukuhi qalblarimizda davom etayotgan shu yorug kunlarda nishonlayotganimizning teran ramziy manosi bor, albatta. Bu tarixiy sana timsolida biz eng avvalo mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda millatlararo ahillik va hamjihatlikni taminlashga qanday muhim ahamiyat berib kelinayotganining yaqqol dalolatini koramiz.

Yurtimizda bu ayyomni keng nishonlar ekanmiz, hammamiz, Ozbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari Vatanimizning necha ming yillik qadimiy tarixi davomida mana shu saxovatli va hamisha mehmondost zaminda turli madaniyat va sivilizatsiyaga mansub bolgan insonlar ozaro tinch-totuv yashab kelganini yuksak qadrlaymiz. Ayni shunday manaviy muhit ozining bagrikengligi, mehr-oqibatliligi, tinchliksevarligi va qalb saxovati bilan ajralib turadigan xalqimizning oziga xos mentaliteti shakllanishida muhim omil boldi, desak, yanglishmagan bolamiz.

Ana shunday milliy rang-baranglik va shu bilan birga, yagona xalqqa xos birlik tuygusi bu nafaqat noyob xususiyat, balki har birimiz uchun hayotbaxsh tasirini va barchamizni ozaro boyitishdagi ahamiyatini hech narsa bilan olchab, baholab bolmaydigan ulkan qadriyatdir.

Shu manoda, bizning eng katta boyligimiz, eng asosiy yutugimiz bu avvalo Vatanimiz osmonining musaffoligi, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo ahillik va hamjihatlik, dostlik va birdamlik muhitidir, desam, ishonchim komilki, barchangiz bu fikrga qoshilasiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda etnik oziga xosligi, tili, urf-odat va ananalarini har tomonlama rivojlantirish va ozaro boyitish boyicha teng huquq va imkoniyatlarga ega bolgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona oila bolib, dostlik va inoqlikda hayot kechirmoqda. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish, uning xalqaro maydondagi obro-etiborini oshirish maqsadida barcha sohalarda keng kolamli ozgarishlarni amalga oshirish yolida ular ozlarining fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoshayotganini biz yuksak qadrlaymiz.

Takidlash joizki, mustaqillik yillarida Ozbekistonda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni rivojlantirish uchun barcha huquqiy asoslar va zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bagrikenglik madaniyatini tarbiyalash va yanada mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan biriga aylandi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy madaniy rang-baranglik hayotimizning ajralmas qismi sifatida qaralib, barqarorlikni taminlash omili bolib xizmat qilayotgani va jamiyatimizning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yolidan ilgarilab borishida muhim rol oynayotgani, biz Ozbekiston deb ataydigan umumiy uyimizda turli milliy madaniyatlarning betakror va boy uygunligini shakllantirayotgani alohida etiborga sazovordir.

Bugungi qutlug ayyomda barcha milliy madaniy markazlarning rahbarlari va faollariga muqaddas zaminimizda tinchlik va farovonlikni saqlash, farzandlarimiz va nabiralarimizning kelajagi, jamiyatimizda ozaro hamjihatlik, insonparvarlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash yolidagi begaraz va olijanob mehnatlari uchun ozimning chuqur va samimiy hurmat-ehtiromimni bildiraman. Otgan 20 yil mobaynida chinakam dostlik maskaniga aylangan Respublika baynalmilal madaniyat markazining kop qirrali faoliyati ana shunday yuksak maqsad va vazifalarning amaliy namoyoni bolib kelayotgani hammamizni albatta xursand qiladi.

Qadrli dostlar, barchangizga chin qalbimdan mustahkam sogliq, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman, Ozbekistonda yashayotgan millat va elat vakillarining bugungi hayoti va kelajagi yolidagi olijanob va goyat masuliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar yor bolsin.

Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

 

 



2016-yil Soglom ona va bola yili


2015-yil Keksalarni ezozlash yili  


2014 yil - Sog'lom bola yili     


2013 yil - Obod turmush yili


2012 yil - Mustahkam oila yili


2011 yil - Kichik biznes va tadbirkorlik yili


2010 yil - Barkamol avlod yili


   

Toshkent shahriga - 2200 yil


Bizni tabriklaydilar